Rasman! Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan chetlatildi

Sport

−

image

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasiga tayanib, “A Bola” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, federatsiyaning Intizom kengashi futbolchining terma jamoa yig‘inini ruxsatsiz tark etgani yuzasidan ish ochgan. Xabarda Ronalduning barcha uchrashuvlarda ishtirok etishi vaqtincha taqiqlangani aytilgan.

Ronaldu terma jamoa yig‘inini belgilangan muddatdan oldin tark etgan. Uning aytishicha, bunga bosh murabbiy Xorxe Jezushning unga bergan va’dalarini ikki marta buzgani sabab bo‘lgan.

Hujumchi Uelsga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida maydonga tushgan va Portugaliya 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Keyingi Norvegiyaga qarshi bahsda esa Ronaldu zaxirada qoldirilgan. Futbolchining ta’kidlashicha, u dastlab ushbu o‘yinda ishtirok etishi rejalashtirilmagan bo‘lsa-da, murabbiy undan 30 daqiqa o‘ynashga tayyor turishni so‘ragan. Ammo o‘yinga tushirilmagan.

Portugaliya futbol federatsiyasining intizomiy qoidalariga ko‘ra, terma jamoa yig‘inini ruxsatsiz tark etgan futbolchi bir oydan olti oygacha muddatga terma jamoa o‘yinlaridan chetlashtirilishi va 500 yevrodan 1000 yevrogacha jarimaga tortilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Ronaldu faoliyati davomida besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, Yevropa chempioni va ikki karra Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. U milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri hisoblanadi. Hujumchi 2022 yil dekabridan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p tepmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing