Rasman: Ravshan Ermatov O‘FA vitse-prezidenti bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, iste’foga chiqqan O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘rniga FIFA hakami Ravshan Ermatov, Toshkent viloyatining AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Sokin Po‘latov va O‘FAning terma jamoalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdullayev nomzodlari ko‘irb chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 14 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Yig‘ilishda FIFA hakami Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev O‘FA vitse-prezidenti etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov joriy yilning 13 iyun kuni lavozimidan iste’fo bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing