Rasman: Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi aytildi
Jamiyat
−
20 aprel 2023
15504Ramazon hayiti munosabati o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Unga muvofiq, Ramazon hayitining birinchi kuni 21 aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatda 21 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 24 aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayiti xalqimizning milliy an’ana va qadriyatlariga mos ravishda o‘tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Madaniyat va turizm vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun muborak Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarini tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratadi.