Rasman: Prezident alifboni o‘zgartirishga oid qonunni imzoladi
Jamiyat
−
13:53 1640 1 daqiqa
Bugun, 21 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administarsiya rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Alifbodagi 4 ta harfning yozilishi takomillashtirildi:
- O‘ → Ö
- G‘ → Ğ
- Sh → Ş
- Ch → Ç

Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi. Ular yaroqlilik muddati tugagach, o‘z kuchini yo‘qotgach yoki navbatdagi yangilanish jarayonida yangi alifboga moslashtirib boriladi. Ya’ni o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich va tabiiy kechadi. Qonunda barcha jihatlar inobatga olingan.
Qonun rasman e’lon qilinganidan keyin 6 oy o‘tib kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Senatning 19-yalpi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan edi.
Live
Barchasi20 Oktyabr