Rasman: Poytaxt shahar o‘zgaradi

Olam

image

Indoneziya davlat rahbari Joko Vidodo davlat poytaxtini Jakartadan Kalimantanga o‘zgartirish taklifini parlamentda ovozga qo‘ydi. Uning taklifini parlamentning deyarli barcha vakillari  bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashgan.

“Reuters” agentligining xabar berishicha, yaqinda prezidentlikka ikkinchi bor saylangan Vidodo oktyabr oyida bo‘ladigan qasamyodigacha Kalimantanni poytaxtga aylantirish niyatida.
 
“Poytaxt shunchaki davlat ramzi emas, mamlakatning asl daromad manbai bo‘lishi ham lozim. Poytaxtning Kalimantanga o‘zgarishi - iqtisodimiz foydasi va adolatning qaror topishi hamdir”, dedi Vidodo.

Ma’lumot uchun, Jakarta - Yava orolining shimoliy-g‘arbida joylashgan shahar va Indoneziyaning poytaxti. Kattaligi jihatdan jahonda 12 o‘rinda turadi. Jakarta - mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Kauchuk, choy, kofe, shakar, konservalangan baliq hamda sholi eksport qiladi. Rezina va charm poyabzallar, avtomobil yig‘ish zavodi va metalsozlik rivojlangan. 

Kalimantan - Bruney orolining Indoneziyaga tegishli qismida joylashgan orol shahar. Aholisi 14 mlndan ziyod. Kalimantan hududining 75 foizi o‘rmondan iborat bo‘lishiga qaramay, granit, gneys, kristall, neft, gaz, toshko‘mir, temir, mis va ruda konlariga boy.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya Jakarta Kalimantan

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing