Rasman: Otabek Shukurov “Kayserispor” klubiga ko‘chib o‘tdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov Turkiyaning “Kayserispor” jamoasi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Osiyo kubogi boshlanishidan avval “Fotih Karagyumruk” bilan xayrlashgan 27 yoshli futbolchi faoliyatini Kayseri shahri jamoasida davom ettiradi. Shukurov yangi klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, “Kayserispor” klubiga 1966 yilda asos solingan. Jamoa uy o‘yinlarini 33 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Kadir Xas” stadionida o‘tkazadi. Hozirda “Kayserispor” Turkiya Superligasida 24-turdan keyin 20 jamoa orasida 28 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Aziz Turg‘unboyev Turkiyaning “Sivasspor” klubi bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.

Turg‘unboyev yangi klubida 90-raqam ostida to‘p tepadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Otabek Shukurov Kayserispor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing