Rasman: Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangchisi bo‘ldi

Sport

−

image

O‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy Twitter sahifasida xabar berildi.

Bugun, 21 iyun kuni promoushenning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida “Fighter added(Jangchi qo‘shildi): Nursulton Ruziboev”, degan so‘zlar yozilgan post joylandi. Shuningdek, sportchining menejeri Ali Abdel-Aziz ham buni tasdiqladi.

“Tasdiqlandi. Sening vaqting keldi ukam”, deydi Abdel-Aziz.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida jang olib boruvchi o‘zbekistonlik sportchining UFC'dagi debyuti 1 iyul kuni UFC Fight Night turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Raqib nomi hali e’lon qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Nursulton 2014 yildan buyon o‘rta vaznda MMA'da jang o‘tkazib keladi. U professional faoliyati davomida 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangda g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing