Rasman: Masharipov “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi (video)
Sport
−
06 fevral 2024 9104 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Salom, Istiqlol klubi muxlislari. Tez kunda ko‘rishamiz”, deydi Masharipov Eron klubi bilan e’lon qilgan videoda.
“Istiqlol” klubi navbatdagi o‘yinini “Hazfi cup” turniri doirasida “Mes Rafsanjan” klubiga qarshi o‘tkazadi. 30 yoshli Masharipov mazkur uchrashuvda debyut qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipov faoliyati davomida Toshkentning “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublarida to‘p tepgan. Xorij klublaridan “Shabab Al-Ahli”, “Al-Nasr” va “Panserraikos” jamoalari sharafini himoya qilgan. Hozirda “Transfermarkt”ga ko‘ra qiymati 1,5 million yevroni tashkil etadi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr