Rasman! Martinelli “Al-Hilol”ga o‘tdi
Sport
−
09:26 274 1 daqiqa
Braziliyalik futbolchi Gabriel Martinelli Angliyaning “Arsenal” klubidan Saudiya Arabistoni Pro-ligasida to‘p tepadigan “Al-Hilol” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qanot hujumchisi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolandi. “The Athletic” nashrining xabar berishicha, “Arsenal” Martinellining transferi uchun 70 million yevro oladi. Bu londonliklar klubi tarixidagi eng qimmat sotuvga aylandi. Avvalgi rekord 2017 yildan beri Aleks Oksleyd-Chemberlenning “Liverpul”ga transferiga tegishli edi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchini 38 million yevroga sotib olgan.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Martinelli 2019 yilning yozidan beri “Arsenal” safida to‘p tepib kelayotgan edi. U jamoa tarkibida jami 278 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Braziliyalik futbolchi “Arsenal” bilan 2026 yilda Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘ldi, 2020 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritdi hamda 2026 yilda Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.
Live
Barchasi