Rasman: Lacetti, Damas, Labo, Cobalt narxi oshdi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari 4,7 mln so‘mdan 9 mln so‘mgacha qimmatlashdi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya ommabop avtomobillarining narxini oshirgan.

Ya’ni:    

  • Lacetti L-Style Plus AT: 169 118 000 so‘m (eski narxi – 160 868 000 so‘m);
  • Cobalt GS-Style Plus MT: 119 542 000 so‘m (eski narxi – 113 711 000 so‘m);
  • Cobalt GX-Style Plus AT:141 181 000 so‘m (134 294 000 so‘m) ;
  • Damas D2 DLX Style Plus: 96 932 000 so‘m (eski narxi – 92 204 000 so‘m);
  • Labo LB2 Plus: 96 370 000 so‘m (eski narxi – 91 669 000 so‘m) ga qimmatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil sotib olish niyatida bo‘lgan xaridorlarga murojaat bilan chiqib, ularni ijtimoiy tarmoqlar, xususan onlayn-savdo saytlari orqali avtomobillar uchun tuzilgan shartnomalarni sotib olishdan saqlanishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Cobalt Damas UzAuto Motors Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing