Rasman: Konor Makgregor oktagonga qaytdi
Sport
−
21 noyabr 2020
12860Irlandiyalik aralash jang san’ati ustasi Konor Makgregor oktagonga qaytishini tasdiqladi. Bu haqda TheMacLife'ning Twitter'dagi akkauntida xabar berilgan.
32 yoshli sportchi UFC turnirida Dastin Pore bilan o‘tkaziladigan jang shartnomasini imzoladi. Shu tarzda, Makgregor rasman katta sportga qaytdi.
Makgregor va Pore o‘rtasidagi bahs 2021 yilning 23 yanvarida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, bu sportchilar uchun ikkinchi jang hisoblanadi. Konor va Pore ilk marotaba 2014 yilda o‘zaro jang qilishgan va o‘shanda Makgregor birinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
Konor so‘nggi jangini Donald Serronega qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan. Dastin esa ochkolar hisobiga ko‘ra Den Xukerdan ustun kelgan.
LiveBarchasi