Rasman! Xavi – “Barselona” bosh murabbiyi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Qatarning “Al-Sadd” jamoasi murabbiyi Xavi Ernandes rasman Kataloniyaning “Barselona” klubi boshqaruviga keldi. Bu haqda Qatar klubining ijtimoy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari xabar bermoqda.

Klubning Instagram sahifasida berilgan xabarga ko‘ra, “Al-Sadd” rahbariyati shartnomada ko‘rsatilgan tovon puli to‘langanidan keyin Xavining “Barselona”ga o‘tishiga rozi bo‘ldi. 

“Barselona” bilan kelajakda hamkorlik qilish borasida kelishib oldik. Xavi – “Al-Sadd” tarixining muhim qismi va biz unga muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb mutaxassisga minnatdorlik bildirgan Qatar klubi.

“Sport.es” sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Xavi Kataloniya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Manbaning ta’kidlashicha, mutaxassis “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati oldiga bir qancha shart qo‘ygan.

Ma’lum bo‘lishicha, ispaniyalik murabbiy kataloniyaliklardan shifokorlar shtab-kvartirasini to‘liq isloh qilishni talab qilmoqda. Buning uchun “Barsa” bilan 25 yil davomida birga ishlagan va o‘tgan yili klubni tark etgan shifokor Rikard Prunni ortga qaytarishlari kerak bo‘ladi.

Xavining ikkinchi talabi – “Al-Sadd”da o‘zi bilan birga ishlaydigan mutaxassislar va yordamchilarini Kataloniya klubida ish bilan ta’minlash. 

Murabbiyning uchinchi talabi, agar jamoada imkoniyat bo‘lsa, qanot hujumchisi bilan shartnoma imzolash kerak.

Ispaniya nashrlarining ta’kidlashicha, ushbu pozitsiya uchun asosiy nomzod – “Manchester Siti” futbolchisi Rahim Sterling bo‘lib turibdi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing