Rasman: Kante “Al-Ittihod” futbolchisiga aylandi
Sport
−
21 iyun 2023 4678 1 daqiqa
Jiddaning “Al-Ittihod” klubi “Chelsi” a’zosi Ngolo Kante bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
32 yoshli fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempioni bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Uning maoshi yiliga 25 million yevroni tashkil qiladi.
To‘rt yil ichida, 100 million yevroga qo‘shimcha ravishda, Ngolo tijoriy kelishuvlar va translyatsiya bilan bog‘liq shartnomalardan foyda oladi. Iyul oyida Kante “Al-Ittihod” futbolchisi sifatida tanishtiriladi.
Kante “Chelsi”da 7 yil o‘ynadi. Bu vaqt ichida u Premer-liga, Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi bosh sovrinlarini qo‘lga kiritdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust