Rasman: kafe va restoranlarning karantinda ishlashi uchun yangi tartib joriy qilinmoqda

Jamiyat

−

image

Endilikda umumiy ovqatlanish ob’ektlariga faqat ochiq maydonlarda ishlashga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarorida belgilandi.

Qaror bilan shu yilning 20 iyulidan boshlab, umumiy ovqatlanish ob’ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyunidan respublika bo‘yicha ko‘ngilochar ob’ektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob’ektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

745

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing