Rasman! Iraola “Liverpul” bosh murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

“Liverpul” klubi ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraolani bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma shartlari oshkor qilinmagan.
43 yoshli Iraola 2024 yil yozidan buyon jamoani boshqarib kelgan niderlandiyalik murabbiy Arne Slotning o‘rnini egalladi. Slot qo‘l ostidagi debyut mavsumida “Liverpul” Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘lgan edi. Biroq 2025-2026 yilgi mavsumda jamoa APLda beshinchi o‘rinni egalladi hamda Chempionlar ligasi chorak finalida musobaqani tark etdi.

Andoni Iraola 2023 yildan buyon Angliyaning “Bornmut” klubini boshqarib kelayotgan edi. U 2025-2026 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etdi. Uning rahbarligi ostida “Bornmut” APLda oltinchi o‘rinni egallab, klub tarixida ilk bor Yevropa ligasi asosiy bosqichiga chiqdi va yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ispaniyalik mutaxassis faoliyati davomida Kiprning AEK klubini ham boshqargan bo‘lib, u bilan birga Kipr Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Ispaniyaning “Mirandes” va “Rayo Valekano” klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” Arne Slot Andoni Iraola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing