Rasman: Gavi Yevropa chempionati va Olimpiadani o‘tkazib yuboradi

Sport

image

“Barselona” yarim himoyachisi Gavi Ispaniya terma jamoasiga 2025 yilning mart oyida AQSH, Meksika va Kanadada 2026 yilgi Jahon chempionatiga Yevropa saralash bosqichi boshlangunga qadar chaqirilmaydi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya federatsiyasi Gruziya bilan 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida (3:1) o‘ng tizzasidan olgan jiddiy jarohati bois, Gavini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas. 19 yoshli ispaniyalik tez orada operatsiya qilinadi.

Shu tariqa Gavi 2024 yilgi Yevropa chempionati va 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarining final qismini o‘tkazib yubordi.

Joriy mavsumda Gavi 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

AQSH, Meksika va Kanadada mezbonlik qiladigan Jahon chempionati saralash bosqichi 2025 yilning martidan 2026 yilning martigacha bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Olimpiada Ispaniya Evropa chempionati Gavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing