Rasman Finalissima bekor qilindi
Sport
−
11:35 952 1 daqiqa
Joriy yilning 27 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida Finalissima uchrashuvi rasman bekor qilindi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
“Argentina tomoni bilan muqobil sana bo‘yicha kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmadi”, deyiladi tashkilot bayonotida.
2024 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi Ispaniya hamda 2024 yilgi Amerika kubogi g‘olibi Argentina o‘rtasidagi uchrashuv 27 mart kuni Qatarda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq, mintaqadagi beqaror vaziyat sabab o‘yin bekor qilindi.
Keyinchalik ushbu uchrashuv Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Argentina terma jamoasi bu variantni rad etdi.
Ma’lumot uchun, Argentina 2022 yilda Londondagi “Uembli” stadionida o‘tgan final bahsida Italiya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, g‘alaba qozongan edi.
Live
Barchasi