Rasman: Endi avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazishda yig‘im undirilmaydi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilingani, shuningdek, “2022 yil uchun Davlat Byudjeti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi hamda “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirish kiritilishi ortidan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlari ham kamaygani xususida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yig‘imlar bekor qilinganini ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabr kuni “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 742-son qonuni qabul qilinib, unda 2022 yilda undiriladigan ayrim to‘lov stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 241-son qonuni ham qabul qilinib, soliq kodeksining 460-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda ushbu qonunlar bilan kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab, avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yig‘imlar undirilmasligini ma’lum qilamiz”, deydi IIV JXD YHXX Azizxon Murodov ma’lum qilmoqda. 

Natijada, endi avtomobil oldi-sotdi shartnomalarini Yo‘l xarakati havfsizligi boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imlar talab qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, qonun qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, avtosalondan yangi mashina sotib olganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanar edi.

Agar ikkilamchi bozordan mashina sotib olinganda ishlab chiqilgan yiliga qarab har bir ot kuchi uchun 29 ming 700 so‘mgacha yig‘im olinardi. Masalan, ishlab chiqarilganiga 3 yil to‘lmagan 100 ot kuchiga teng mashinani sotib olganlik uchun deyarli 3 mln so‘m yig‘im to‘lanardi.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, “Agar kimdir mashina sotib olganu, lekin o‘z nomiga rasmiylashtirishdagi katta xarajatdan qochib, "generalnaya doverennost" olib haydab yurgan bo‘lsa, unda endilikda mashinalarini o‘z nomlariga o‘tkazib olishlari mumkin. To‘g‘ri, hozir notariusda to‘lanadigan davlat bojining yuqori stavkalari o‘z kuchida turibdi, ammo tez orada davlat bojlari ham kamaytirilishi kutilmoqda. Yanada aniqroq aytganda mashinaning ot kuchi va yilidan qat’i nazar bazaviy stavkaning 3 barobari (810 ming so‘m) etib belgilanishi rejalashtirilmoqda”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

692

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing