Rasman! Dunyo aholisi 8 milliardga yetdi

Bu qiziq

image

Yer sayyorasi aholisi bugun, 15 noyabr holatiga ko‘ra 8 milliard kishiga yetdi. Buni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlari tasdiqlaydi. 

Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga borib dunyo aholisi 8,5 milliard kishiga etadi. 2050 yilga borib 9,7 milliard, 2100 yilga kelib 10,4 milliarddan oshadi. 

Dunyo aholisining o‘sishi 2100 yilgacha davom etadi. 

Dunyo aholisini yetti milliarddan 8 milliardga, ya’ni 1 milliard kishiga ko‘paytirish uchun 12 yil kerak bo‘ldi, keyingi milliardga esa 14,5 yil (2037 yilgacha) kerak bo‘ladi. 

2050 yilgacha dunyo aholisining eng katta o‘sishi Afrika mamlakatlarida qayd etiladi. 

2020 yilda, o‘tgan asrning 70-yillaridan beri birinchi marta dunyo aholisining o‘sish sur’ati bir foizdan pastga tushdi. 

Dunyo aholisi 19 asr boshlarida birinchi milliardga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing