Rasman: “Barselona”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Sport
−
19 avgust 2020 13800 1 daqiqa
Niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman “Barselona” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Kataloniyaliklar niderlandiyalik mutaxassis bilan 2 yilga shartnoma tuzgan. Yangi murabbiy bugun, 19 avgust kuni tanishtiriladi.
Ma’lumot uchun, Kuman 6 yil “Barselona” safida to‘p surgan va afsonaviy jamoaning bir qismi bo‘lgan. Shuningdek, murabbiylik faoliyati boshida “Barselona”da Lui Van Gaal shtabida ishlagan.
“Barselona” Ronald Kuman bilan shartnoma tuzishi uchun Niderlandiya futbol federatsiyasiga 4-5 million yevro to‘lab berishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Kike Seten Chempionlar ligasi chorakfinalida “Bavariya”dan uchralgan qaqshatqich 2:8 hisobida mag‘lubiyatdan keyin bo‘shatilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025