Rasman: Antirekord yangilandi

Jamiyat

image

Kecha, 8 iyul kuni O‘zbekistonda 422 kishida koronavirus aniqlanib, 5 kishi vafot etib, antirekord o‘rnatilgandi. Afsuski, bugungi ko‘rsatkich antirekordni yangi yangiladi.

 9 iyul kuni mamlakatda 472 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 
 
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Buxoro viloyatida ham 2 nafar (shundan 1 nafari afg‘onistonlik), Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida esa 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 227 nafar fuqaro sog‘aydi. 
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11564 nafar bemordan 7287 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4226 nafar bemordan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston koronavirus Antirekord

Baholaganlar

1207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing