Rasman! Aleksandr Isak “Nyukasl” futbolchisiga aylandi

Sport

image

Shvetsiya terma jamoasi va Ispaniyaning “Real Sosedad” klubi futbolchisi Aleksandr Isak “Nyukasl”ga o‘tdi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, “qarg‘alar” 22 yoshli shvetsiyalik futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. “Nyukasl” Isak uchun 65+5 million yevro to‘laydi. Bu ingliz klubining butun tarixi davomida amalga oshirgan eng yirik xaridi bo‘ldi. Shuningdek san-sebastyanliklar ham hech qaysi futbolchisini bunchalik qimmatga pullamagan.

Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi "Public Investment Fund"  2021 yilning oktyabr oyida “Nyukasl”ni 300 million funt evaziga sotib olgan edi. Ushbu fondning aktivlari 430 milliard yevroni tashkil qiladi. Arablar qo‘liga o‘tgach, “qarg‘alar” o‘z safiga bir nechta yulduz futbolchilarni taklif qilishga urindi. Ammo hech biri omadli yakunlanmadi. Aleksandr “Nyukasl” uchun ilk yulduzli xarid bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi “Real Sosedad” safida ikkita uchrashuvda maydonga tushib ulgurgan edi. “Barselona”ga qarshi uchrashuvda Isak ajoyib tarzda gol kiritgan. “Transfermarkt” portali shvetsiyalik iqtidor egasini 30 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Isak “N'yukasl” “Real Sos'edad”

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing