Rasman AQSH Polshaga qo‘shin kiritdi

Olam

image

Sharqiy Yevropada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun yuborilishi aytilgan AQSH harbiylari bugun, 5 fevral kuni Polshaga yetib keldi. Bu haqda, Polsha axborot agentligi PAP xabar bermoqda. 

Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi 2 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, AQSH Sharqiy Yevropada xavfsizlikni ta’minlash borasida Ruminiya, Polsha va Germaniyaga 8,5 ming qo‘shin kiritilishi haqida ma’lum qilgan edi. 

“Kuchlar mintaqa xavfsizligini ta’minlash uchun vaqtincha muddatga yuborilmoqda, ular Ukraina hududida jang qilmaydi”, deya bildirgan Pentagon rasmiysi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, harbiy kuchlar mintaqadagi ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yuborilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, AQSH tomonidan Polshaga 1,7 ming harbiy yuboriladi. 

“Jeshov yaqinidagi Yasenka aeroportiga bugun Polshaga joylashtiriladigan AQSH harbiylaridan iborat 82 havo-desant diviziyasi bo‘lgan samolyot kelib qo‘ndi”, deyiladi PAP xabarida.

Bundan tashqari, kecha, 4 fevral kuni Yasenka aeroportiga AQSH harbiylarini kutib olish va ularni Polshaga joylashtirishda ko‘maklashadigan ilg‘or guruhdan iborat 7 ta samoyot kelib qo‘ngan. 

Ma’lum qilinishicha, ularning vazifasi Polsha hududiga joylashtiriladigan AQSH qo‘shinlariga moddiy-texnik yordam ko‘rsatishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Rossiya-Ukraina mojarosi jiddiy tus olgan. Bir tomonda Kiyevni qo‘llayotgan AQSH va NATO turgan bo‘lsa boshqa tomonda urushga qarshi harbiy tayyorgarliklarni boshlab yuborgan Rossiya turibdi. 

Ukrainaning tarafini olib AQSH Kiyevga 200 million dollar miqdoridagi, qariyb 500 tonna qurol-yarog‘, 300 ta Jevelin tankka qarshi o‘t ochar texnikalari va 5 ta MI-17 vertolyotini yetkazib berganini bildirgan. Bundan tashqari, 8 500 nafar harbiyni Sharqiy Yevropaga yuborish uchun shay holda ushlab turgani haqida ma’lum qilgan. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga elita bo‘linmasining 30 nafar harbiy xizmaitchisini, 2 000 ta tankka qarshi raketa va qurol-yarog‘ yuborilgani haqida xabar bergan. 

Boshqa tomondan, Rossiya Ukraina bahonasida “burni tagiga” tiqilib olayotgan NATOning Sharqiy Yevropa tomon siljib kelishini qoralab, unga qarshi o‘z hududi va Belarusning Ukraina bilan chegaradosh yerlarida 100 000 dan ortiq qo‘shin va harbiy texnikalar to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing