Rashidov xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
Sport
−
03 aprel 2023
4538Xitoyning Usi shahrida tayekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi final bosqichining ilk kuni yakunlandi. E’tiborlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu medalga -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov erishdi. U finalda eronlik Doniyol Bozorg‘ishobdan ustun keldi.
-68 kg:
1.Ulug‘bek Rashidov (O‘zbekiston);
2.Doniyol Bozorg‘ishob (Eron);
3.Rizo Kalgor (Eron).
Eslatib o‘tamiz, Rashidov mart oyida Niderlandiyaning Eyndxoven shahri mezbonlik qilgan “Dutch Open” xalqaro musobaqasida ham sovrindor bo‘lgandi. Rashidov o‘zi uchun yangi bo‘lgan -74 kg vaznda bronza medali sohibiga aylangandi.
LiveBarchasi