Meliqo‘ziyev okean ortida ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
Sport
−
14 dekabr 2019 5758 1 daqiqa
Havaskor boksda Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Bektemir Meliqo‘ziyev bugun professional ringda amerikalik Vaugin Aleksanderga qarshi jang qildi.
Kaliforniyadagi “Fantasy Springs Casino” arenasida tashkil etilgan boks oqshomida 10 raundlik jangda Meliqo‘ziyev hakamlarning qarori bilan 100:90, 100:90, 100:90 hisoblarida g‘alaba qozondi va "WBA Continental Americas" kamari sohibiga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida, Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi 4-jangida o‘zining 4-g‘alabasini nishonladi. E’tiborlisi, Bektemir avvalgi uchala jangda ham raqiblarini nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025