Ramzan Qodirovning zaharlangani aytilmoqda

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qiyofasida o‘zgarishlar bo‘lgani, yuzi shishgani ortidan turli mish-mishlar tarqalmoqda. Ayrimlar uni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan zaharlangan bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Ukraina harbiy eksperti Oleg Jdanovning UNIAN nashriga bergan intervyusida u ham shunday o‘ylashini bildirgan. 

“Ba’zi belgilarga ko‘ra, unda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi qayd etilgan. Shu sababli unda ortiqcha vazn va tana shishishi kuzatilgan. Aytgancha, o‘tgan hafta reanimatsiya uchun jihozlangan tez yordam samolyoti Moskvaga uchgan. Bundan tashqari, urush sharoitida Yevropa o‘z havo hududida bu samolyotning uchishiga ruxsat bergan”, degan Jdanov.

Uning aytishicha, samolyot Belarus havo hududi orqali Moskvaga qo‘ngan, so‘ngra Yevropadagi eng yirik tibbiyot universiteti – Nunbergga yo‘l olgan. U yerda katta ehtimol bilan Qodirov nostandart usullar yordamida davolanmoqda. 

“Muassasaning o‘ziga xos xususiyati tibbiy protokol me’yorlaridan chetga chiqishga imkon beradi. Aslida bu universitet shunisi bilan mashhur”, deydi ukrainalik ekspert.

Shuningdek, u so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi “qodirovchilar” tushunchasi ham yo‘q bo‘lib ketganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qodirovni davlosh uchun Birlashgan Arab Amirliklaridan 40 yillik tajribaga ega doctor Yasin El-Shahat olib kelingani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing