Ramzan Qodirovning tanqidchisi Tumso Abdurahmonov o‘lgani rad etildi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni tanqid qilgan bloger Tumso Abdurahmonov tirik. U Germaniyaning Myunxen shahri sudida o‘z ukasiga nisbatan uyishtirilgan suiqasd yuzasidan guvohlik berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Myunxen sudi vakili Loran Laflerga tayanib, Shvetsiya radiosi xabar berdi. 

“Men guvoh (Tumso Abdurahmonov)ning tirik ekanligi haqida ma’lumot olganimizni tasdiqlay olaman”, deydi Lafler. Biroq u o‘zining suddagi vazifasini oshkor qilishdan bosh tortgan.

Shvetsiya radiosi jurnalisti Laflerga Tumso Abdurahmonovning tirikligiga shubha borligini aytgan. Biroq u jurnalistga hech qanday shubhaga asos yo‘qligini bildirgan.

Ayni damda Myunxen sudi Tumso Abdurahmonovning ukasini o‘ldirishni rejalashtirgan Germaniyadagi muhojirning ishini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etish kerakki, Tumso Abdurahmonov 2015 yilda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qarindoshlari bilan janjallashib qolganidan keyin Rossiyani tark etgan. U Shvetsiyada siyosiy qochqin maqomini olgan edi. Chechenistonda Abdurahmonov ISHID bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. 2021 yil dekabrida Abdurahmonov Chechenistonda to‘qqiz nafar qarindoshi o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 dekabr kuni Chechen muxolifatining Telegram kanalida Tumso Abdurahmonovning o‘ldirilgani borasida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tumso Abdurahmonov

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing