Ramzan Qodirovni tanqid qilgan bloger o‘ldirib ketildi

Olam

image

Checheniston hukumatining tanqidchisi, bloger Tumso Abdurahmonov Shvetsiyada o‘ldirildi. Bu haqda Chechen muxolifatining Telegram kanalida xabar berildi.

“Tumso tunda bir guruh odamlar tomonidan otib tashlangan va hozirda qotillik tafsilotlari o‘rganilmoqda”, deyiladi muxolifat xabarida.

Ular qotillikning boshqa tafsilotlarini keltirmagan. Biroq maxsus xizmatlar Tumso Abdurahmonovning ukasini yashirgani qayd etilgan.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Abdurahmonov sheriklari uning joriy yilning 2 dekabrida o‘ldirilganini aytgan. Shvetsiya huquq-tartibot idoralari bu borada hozircha izoh bermagan.

Dekabr oyi boshida Tumso Abdurahmonov ko‘rinmay qolgan. Huquq himoyachilari uning bedarak yo‘qolganini aytgan. O‘shanda ham bloger o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq o‘sha paytda bu xabarlar tasdiqlanmagan.

Tumso Abdurahmonov 2015 yilda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qarindoshlari bilan janjallashib qolganidan keyin Rossiyani tark etgan. U Shvetsiyada siyosiy qochqin maqomini olgan edi. Chechenistonda Abdurahmonov ISHID bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. 2021 yil dekabrida Abdurahmonov Chechenistonda to‘qqiz nafar qarindoshi o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Tumso Abdurahmonov

Baholaganlar

597

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing