Ramzan Qodirovni tanqid qilgan muxolifatchi o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni tanqid qilgan muxolif 1ADAT Telegram kanali moderatori Salmon Tepsurkayev o‘ldirilgan. Bu haqda “Qiynoqlarga qarshi jamoa” advokati Olga Sadovskaya. “Gordeyevaga ayting” shousida aytib o‘tdi.

“Odamni qutqara olmagan holatlarimiz bor. U o‘ldirilgan. Salman Tepsurkayev ishi, yaqinda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Biz uning vafot etganini bilamiz”, deydi Sadovskaya intervyusida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tepsurkayev o‘g‘irlab ketilganidan so‘ng “Qiynoqlarga qarshi jamoa” uni “tirnab”, dalil to‘plashga uringan.

“Biz biror narsa deyishga qodir emasmiz, bilganimizni aytishimiz kerak. Mana bu yerda uni o‘g‘irlab ketishdi, mana bu odamlar, mana bu mashinaga o‘tqazishdi, bu yerga haydashdi, mana bu darvozadan o‘tishdi va bu yerda aloqa uzilib qoldi. Biz bu voqeani qayta tiklashimiz kerak edi va biz buni uddaladik, barcha ma’lumotlarni to‘pladik. Ammo, afsuski, bu yordam bermadi”, deydi Olga Sadovskaya.

Sadovskaya bilan suhbatdan so‘ng, 1ADAT Telegram kanali Tepsurkayevning o‘ldirilishi tafsilotlarini oshkor qilgan bayonot berdi. Harakat vakillari uning o‘limi haqida ma’lumotni ancha oldin olishganini, ammo oxirigacha bu haqiqat emas deb umid qilishganini ma’lum qayd etgan.

2020 yil 6 sentyabr kuni Checheniston huquq-tartibot idoralari xodimlari Salman Tepsurkayevni o‘g‘irlab, Gelenjikdan Chechenistonga olib ketishdi. Krasnodar o‘lkasida uning o‘g‘irlanishi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Izdoshlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Tepsurkayev 2020 yil 15 sentyabr kuni Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonovning ota-bobolari qishlog‘i Jalka qishlog‘idagi harbiy poligonda o‘ldirilgan. 

“Salmonni bog‘lab qo‘yishgan, og‘ziga granata qo‘yib, uni uzoqdan portlatib yuborishgan”, deydi uning sheriklari.

“Adat” harakati Chechenistondagi eng ko‘zga ko‘ringan muxolif harakatlardan biridir. U 40 000 dan sal kamroq obunachiga ega 1ADAT telegram kanali bilan yaxshi tanish. Harakat 2020 yildan beri mavjud bo‘lib, u boshqa narsalar qatori Chechenistondagi inson huquqlari buzilishi haqida ma’lumot beradi. “Adat”ning asoschisi va yetakchilaridan biri Ibrohim Yangulboyevdir.
2022 yilning yanvarida chechen xavfsizlik kuchlari faolning onasi Zarema Musayevani Nijniy Novgorodda o‘g‘irlab ketishgan. Keyinroq unga nisbatan militsiya xodimiga zo‘ravonlik qo‘llash ayblovi bilan jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan va shundan beri u Grozniydagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

757

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing