Ramzan Qodirovga “xalq otasi” unvonini berish taklif qilindi 

Olam

image

Checheniston parlamenti Ramzan Qodirovning unvonini “xalq otasi” tituli bilan to‘ldirish borasida rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu bo‘yicha hujjat parlament veb-saytida e’lon qilingan.

“Checheniston rahbari degan so‘zlardan keyin birinchi xatboshi “Mexkan da” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin”, deyiladi taklif hujjatida.

Ma’lum bo‘lishicha, chechen tilida “Mexkan da” iborasi so‘zma-so‘z “xalqning otasi” degan ma’noda ishlatiladi.

Ushbu tashabbus Checheniston parlamentining 20 nafar deputati hamda parlamenti spikeri Magomed Daudov tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning jiyani, 26 yoshli Hamzat Qodirov Respublikada mulk va yer munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing