Qodirov 26 yoshli jiyanini vazir etib tayinladi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning jiyani, 26 yoshli Hamzat Qodirov Respublikada mulk va yer munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mintaqa rahbarining o‘zi xabar bergan.

“Hamzat iste’dodli va ijrochi rahbar. U buni davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridagi oldingi faoliyatida yuqori natijalarga erishish orqali isbotladi”, deya ta’kidlagan Qodirov.

Shuningdek, Qodirov jiyaniga yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Ma’lumot uchun, Hamzat Qodirov 2012 yilda “Hofiz” maktabini tamomlagan. Shundan so‘ng u Zelimxon Qodirov (Ramzan Qodirovning akasi) nomidagi Axmat-yurt ajdodlar qishlog‘ida “Hofiz” maktabining direktori bo‘ldi. 2018 yilning aprel oyida Chechinistonning Kurchaloyevskiy tumani boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab, bir necha oydan so‘ng tumanni shaxsan o‘zi boshqargan. 2019 yilda u Chechenistondagi “Yagona Rossiya”partiyasining mintaqaviy siyosiy kengashi prezidiumiga saylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing