Ramzan Qodirov jurnalist va advokatni do‘pposlaganlarni topishni buyurdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov huquq-tartibot idoralariga jurnalist Yelena Milashina va advokat Aleksandr Nemovga hujum qilganlarni aniqlashni topshirdi. Bu haqda u bugun, 4 iyul kuni o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

"Biz buni aniqlaymiz. Men vakolatli xizmatlarga hujumchilarni aniqlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishni topshirdim. Hokimiyat voqea haqidagi xabardan so‘ng darhol ishga kirishdi", deb yozadi Qodirov. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 iyul kuni Chechenistonning Grozniy shahrida noma’lum shaxslar “Novaya gazeta” jurnalisti Yelena Milashina va advokat Aleksandr Nemovga hujum qilindi. Hozir jarohatlangan jurnalist va advokat Beslanga olib ketilgan. Voqea yuzasidan Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova Checheniston Tergov qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va prokuraturasiga murojaatlar yuborgan. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov hodisani “juda ta’sirchan choralar talab qiluvchi o‘ta jiddiy hujum” deb atadi va favqulodda holat davlat rahbari Vladimir Putinga xabar qilinganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Ramzan Qodirov advokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing