Ramzan Qodirov ta’tilga chiqdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ta’tilga chiqdi. Tegishli buyruq mamlakat rahbari va hukumati saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Ramzan Qodirovning vazifalarini viloyat hukumati raisi Muslim Xuchiyev bajarmoqda.

“Men 2023 yil 3 iyuldan yillik to‘lanadigan ta’tilga chiqaman. Ta’til davridagi Checheniston Respublikasi rahbarining vazifalarini Checheniston Respublikasi hukumati raisi Xuchiyev Muslim Magomedovichga topshiraman”, deyiladi hujjatda. 

Ma’lumot uchun, Qodirov bu yil kamida ikki marta – aprel va yanvar oylarida ta’tilga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ramzan Qodirovning o‘lim to‘shagida ekani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga uning Qurbon Hayiti munosabati bilan xalqini tabriklamagani va Vladimir Putinning Shimoliy Kavkaz respublikalari rahbarlari bilan o‘tkazgan konferensiyasida qatnashmagani sabab bo‘lgan edi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 2 iyul kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagramʼda jonli efirga chiqdi va o‘zining ahvoli yaxshi ekanini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin ta'til Ramzan Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing