Ramzan Qodirov sog‘lomligini isbotlash uchun 30 marta “otjimaniya” qildi (video)

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kasalligi haqidagi mish-mishlarni yana rad etdi va kamera oldida “otjimaniya” mashqini bajardi. Bu kadrlar “Rossiya 1” davlat kanali efirida namoyish etildi. 

Checheniston rahbari aytishicha, u mutlaqo sog‘lom. Oxirgi tekshiruvda D vitaminining ozgina tanqisligi aniqlangan.

“Men mutlaqo sog‘lomman. Men har uch oyda bir marta tekshiruvdan o‘taman. Oxirgi marta mening D vitaminim biroz past edi”, deydi u.

Bundan tashqari, respublika rahbari kamera qarshisida o‘ttizga yaqin “otjimaniya” mashqini bajargan va OAVda uning sog‘lig‘i haqidagi xabarlarga e’tibor bermaganini ta’kidlagan.

“Respublikamizda shov-shuv va vahima bo‘lsin deb shunday narsalarni o‘ylab topishmoqda. Ular urushdan keyingi respublikaning oyoqqa turganini yoqtirmaydi”, deya qo‘shimcha qildi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov Ramzan Qodirov surunkali kasalliklarining kuchayishi tufayli og‘ir ahvolda ekanini aytgandi. Joriy yilning aprel oyida esa “Novaya gazeta” Qodirovga og‘ir kasallik – oshqozonosti bezi nekrozi tashxisi qo‘yilganini yozdi


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing