Ramzan Qodirov Putin bilan qanday tanishganini so‘zlab berdi
Olam
−
24 aprel 2020 11899 1 daqiqa
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Instagram’dagi jonli efirida u 2000 yilda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi marta uchrashganini ma’lum qildi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uni Rossiya rahbari bilan otasi Axmat hoji Qodirov tanishtirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “buyuk mamlakatning buyuk prezidenti bilan birinchi uchrashuvi” Sochida bo‘lib o‘tgan.
Checheniston rahbari, shuningdek, keyingi uchrashuvlar Mozdokda, Gudermesda bo‘lib o‘tganini qo‘shimcha qilgan.
Live
Barchasi