Ramzan Qodirov odamlarni ommaviy chiplashtirish mavzusiga munosabat bildirdi

Olam

image

Checheniston davlat teleradiokompaniyasi bo‘lmish “Grozniy” efirida Ramzan Qodirov 5G minoralari inson salomatligiga zarar yetkazishi bilan bog‘liq mish-mishlarni rad etdi. Va umumiy nazoratda bo‘lishlari uchun odamlar ommaviy chiplashtiriladi, degan gaplarga ishonmaslikka chaqirdi.

Checheniston rahbarining bu mavzuga to‘xtalishining o‘ziga xos sabablari bor. Avvalroq, zamonaviy texnologiyalar tufayli sog‘lig‘i yomonlashayotganidan shikoyat qilgan mahalliy ayolning audio xabari ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan edi. Shundan so‘ng, qo‘shni respublikalarda aloqa minoralarini yo‘q qilish boshlandi. Odamlar 5G minoralari ularni zararlashi va chiplashtirishiga jiddiy ravishda ishona boshladi.

Ramzan Qodirovning ta’kidlashicha, minoralarni o‘rnatish mintaqada ham, Rossiya Federatsiyasining boshqa tuzilmalarida ham amalga oshirilmayapti, chunki buning uchun zarur bo‘lgan chastotalar ajratilmagan. Uning ta’kidlashicha, 4G har doim butun mamlakat bo‘ylab qamrab olinmaydi, avvalo, ular haqida mobil operatorlar bilan muzokaralar o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing