Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning nomzodi qo‘yildi. Bu haqda Respublika Axborot va matbuot vazirligi rahbari Axmed Dudayevga asoslanib xabar berilgan.  

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov ushbu mukofotga “Checheniston Respublikasi hududida tinchlikni o‘rnatish va saqlashdagi xizmatlari uchun” nomzod bo‘lgan. 

Shu bilan birga, Dudayev Respublika rahbarining nomzodi Nobel mukofotiga kim tomonidan ilgari surilganini ma’lum  qilmagan. Unga ko‘ra, bu ma’lumot maxfiydir. 

Qodirovning nomzodi qo‘yilgani haqidagi xabarni Xalqaro Nobel axborot markazi prezidenti Vyacheslav Tyutyunnik ham tasdiqlagan. 

“So‘zma-so‘z gapirish shart emas, balki umumiy ma’noda gapirish kerak: uning nomzodi so‘nggi 15-20 yil ichida Chechenistonda, sobiq urushlar bo‘lgan mintaqada tinchlik o‘rnatilishidagi ulkan hissasi uchun qo‘yildi”, degan Tyutyunnik. 

Ma’lumot o‘rnida, Ramzan Qodirov 2011 yilning 5 aprelidan buyon Checheniston rahbari lavozimini egallab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing