Ramzan Qodirov qimmat to‘ylarni yomonlab chiqdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov diniy va milliy urf-odatlarga zid bo‘lgan qimmat to‘y yangiliklarini qabul qilib bo‘lmas deb atadi. Bu haqda u Telegram-kanalida yozdi.

“Jamiyatda din va milliy urf-odatlarga tubdan zid bo‘lgan mutlaqo bema’ni qoidalar joriy etilmoqda”, deydi Qodirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘ylardagi yangiliklarni qat’iy qabul qilib bo‘lmaydi.

Shuningdek, Qodirov diniy ulamo vakillariga ushbu muammoni hal qilishga yordam beradigan chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirgan.

Checheniston rahbarining qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi. Yangi marosimlar to‘ylarni tashkil qilish xarajatlarining sezilarli darajada oshishiga olib kelgan. Bundan tashqari, u oilalar shakllanishiga har tomonlama ko‘maklashish zarurligini ham qayd etgan.

Qodirov Chechenistonda kelin o‘g‘irlash va shariat me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa g‘ayritabiiy hodisalarga barham berilganini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda kelin olib qochganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing