Ramzan Qodirov izoh berdi. Teatr chiptasi yoki qabristondan joy

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning Birinchi kanalidagi "Katta o‘yin" dasturida respublika Shimoliy Kavkaz hududiga Suriyadan kelishi mumkin bo‘lgan ISHID terrorchilariga qarshi kurashishga tayyorligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Checheniston Rossiya mintaqalari xavfsizligini ta’minlashga tayyor. Buning uchun respublikada ISHID terrorchilariga qarshi kurashish uchun maxsus bo‘linmalar tayyorlandi.

"Biz ularni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Bu teatr chiptasi bo‘ladimi yoki qabristonga joy bo‘ladimi, hozircha noma’lum", deya hazillashdi Qodirov.

Checheniston rahbari, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Suriyada "tartibni tiklashga" qodir degan fikrni bildirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing