Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligidan bir shart bilan ketishini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download
“Qora piar”: Qodirov o‘g‘lining shubhali g‘alabasiga munosabat bildirdi  north_east

“Qora piar”: Qodirov o‘g‘lining shubhali g‘alabasiga munosabat bildirdi 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublika Prezidenti lavozimidan ketishi shartini aytdi. Checheniston yetakchisi o‘z o‘g‘illaridan biri – Adamga chaqiriq bilan chiqqan. Qodirov o‘g‘liga uning kabardin-balkariyalik bokschi Aslan Batirov bilan jangdagi g‘alabasini shubha ostiga olgan bloger bilan jang qilishni taklif qilgan.

“U bilan yakkama-yakka jang qilarmiding? Agar u seni yengsa, men ariza yozib lavozimdan ketaman. Bu uning orzusi”, degan Ramzan Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi jonli muloqot vaqtida.

Bu qisqa suhbat Qodirovlarning shaxsiy hovlisida qulupnay yig‘ish vaqtida bo‘lib o‘tgan. Unda Checheniston rahbarining rafiqasi va bir nechta farzandi ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Adam Qodirov va Aslan Batirov o‘rtasidagi jang joriy yilning 8 aprelida o‘tkazilgan. Unda Adamning g‘alaba qozonishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Negaki jangni boshqargan hakamning halolligi so‘roq ostiga olingandi.

Adamni tanqid qiluvchilardan biri xorijda yashovchi chechenistonlik bloger Tumso Abdurahmonov bo‘ldi. U doimiy ravishda Checheniston hukumatini tanqid qilib keladi.

Tanqidlardan so‘ng, Adam va Aslan o‘rtasida qaytadan jang o‘tkazilishi haqida xabar berildi. Ammo jang hozircha amalga oshmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

767

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing