Ramzan Qodirov Habibdan kuchliroq UFC jangchisi kimligini aytdi

Sport

image

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov UFC jangchisi Hamzat Chimayevni oktagonni mag‘lubiyatsiz tark etgan, iste’fodagi chempion Habib Nurmuhamedov bilan taqqosladi.

Joriy yilning may oyida Qodirov Nurmuhamedovni “UFC loyihasi” deb atagan edi. So‘ngra Habib bilan “Axmat” klubidan har qaysi sportchi o‘rtasida jang tashkil qilish uchun har qanday summani to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan. Shundan keyin “Axmat” klubida shug‘ullanuvchi Hamzat Chimayev ismli UFC jangchisi “agar u [Habib] jangga rozi bo‘lsa, biz uni yirtib tashlaymiz”, degan. Nurmuhamedov esa og‘zaki tortishuvga qo‘shilmagan.

“Ehtimol, balki endi Chimayev kuchliroqdir, chunki Habib sportni tark etgan. Bir paytlar Nurmuhamedov yaxshiroq bo‘lgan. Va u buni oktagonda isbotlagan. Habib o‘z maqsadlariga erishdi va sportni tark etdi. Endi u yosh jangchilarga yordam beryapti. Uning o‘z ligasi bor, biznes bilan shug‘ullanadi”, deydi siyosatchi o‘zining Instagram sahifasidagi jonli efirda.

Eslatib o‘tamiz, Nurmuhamedov 2020 yilning kuzida amerikalik jangchi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 32 yoshli Habib umumiy hisobda 29 marotaba oktagonga ko‘tarilib, biror marta mag‘lubiyatga uchramagan: 29 jang, 29 g‘alaba.

Ma’lumot o‘rnida, Chimayev Chechenistonda tug‘ilgan, ammo sport musobaqalarida Shvetsiya sharafini himoya qiladi. U 9 marotaba oktagonga chiqqan va barchasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

597

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing