Ramos Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi himoyachisi Serxio Ramos ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi suratni joyladi. Ispaniyalik futbolchi o‘z postida odamlarni Ukrainadan kelgan qochqinlarga yordam berishga chaqirdi.

“Biz Ukrainadan kelganlarga yordam berishda davom etishimiz kerak. Ularni e’tiborsiz qoldira olmaymiz”, deb yozdi Ramos o‘z postida.

Ramos Ispaniya terma jamoasida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi (180 ta) hisoblanadi. U faoliyatining asosiy qismini “Real Madrid”da o‘tkazgan. Serxio “qirollik klubi” bilan besh karra Ispaniya chempioni va to‘rt marta Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni Ramos terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 36 yoshli futbolchi 2005 yildan buyon “qizil furiya” sharafini himoya qilib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Ramos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing