Ramos “Sevilya”ni sotib olishi mumkin

Sport

image

Afsonaviy ispaniyalik futbolchi Serxio Ramos Five Eleven Capital kompaniyasi bilan hamkorlikda “Sevilya” futbol klubi egasiga aylanish niyatida. Bu haqda  Cadena SER nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Andalusiya klubini taxminan 450 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda Ramos va uning advokatlari klubning moliyaviy hisobotlarini o‘rganmoqda. Ushbu jarayon bir necha oy davom etishi mumkin.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillardagi omadsiz natijalar klub aksiyadorlarini “Sevilya”ni sotish haqida o‘ylashga majbur qilgan. Serxio Ramos esa mazkur jamoada 2003-2005 yillarda, shuningdek, 2023-2024 yilgi mavsumda futbolchi sifatida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Ramosning so‘nggi jamoasi Meksikaning “Monterrey” klubi bo‘lib, u joriy yil dekabr oyi boshida jamoani tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos “Real Madrid” “Sevil'ya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing