Ramos “Real” futbolchilarini rahbariyatga qarshi qayramoqchi

Sport

image

Madridning ”Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos jamoadoshlarini maoshlarini pasaytirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka undamoqda. Bu haqda ispaniyalik muxbir Ramos bilan suhbatdan so‘ng o‘zining Twitter sahifasida xabar berdi.

Pandemiyadan so‘ng “Qirollik klubi” tribunada muxlislar yo‘qligi hamda yangi stadion qurilishi oqibatida moliyaviy inqirozga uchragani sabab o‘ziga kerakli transferlarni amalga oshira olmadi. Shu sababli rahbariyat tarkibdagi bir qancha futbolchilarga maoshini pasaytirish taklifini berdi.

Biroq klubning ko‘p yillik yetakchisi Serxio Ramos bunga jiddiy tarzda qarshi chiqdi va jamoadoshlarini bunga rozi bo‘lmaslikka da’vat etdi. Uning ta’kidlashicha, bu harakatlarning barchasi “Mbappe transferini amalga oshirish uchun qilinayotgan tejamkorliklar”dir  va Ramos bunga mutlaqo qarshi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchining “Real” bilan tuzgan shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Mojarolar sabab tomonlar hozirgacha shartnomani uzaytirish borasida bir to‘xtamga kela olgani yo‘q.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Real Ramos

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing