Ramos maoshi qisqarishiga rozi bo‘lmadi

Sport

image

PSJning ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramosga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar futbolchiga yangi bir yillik shartnoma taklif qilgan. Yangi shartnomaga ko‘ra, PSJ futbolchining maoshini ikki barobarga kamaytirmoqchi. Biroq Ramos bu taklifga rozi bo‘lmadi.

Ayni damda Ramos boshqa jamoalardan taklif kutmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi klublardan biri himoyachiga mo‘maygina taklif bilan chiqishi mumkin.

Ramos 2021 yildan buyon PSJda to‘p surib kelmoqda. Futbolchi Fransiya klubiga Madridning “Real” klubidan ko‘chib o‘tgandi. PSJ va Ramos o‘rtasidagi shartnoma joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Himoyachi joriy mavsum parijliklar safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing