Ramos faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
04 Oktabr
4707Erkin agent hisoblangan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos faoliyatini Turinning “Yuventus” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Tuttosport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Yuventus” jarohati tufayli uzoq vaqt maydonga tusha olmagan braziliyalik Gleyson Bremerga o‘rinbosar qidirmoqda. “Keksa senora” rahbariyati “Real”ning sobiq sardorini hozirgi vaziyatda Tiago Motta jamoasini kuchaytirishga qodir, deb hisoblamoqda.
38 yoshli Ramos 2023 yilning yozida erkin agent sifatida “Sevilya”ga qaytgan edi. O‘tgan mavsumda himoyachi andalusiyaliklar safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yozgi mavsum oralig‘ida futbolchining jamoa bilan shartnomasi tugadi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 2,5 million yevroni tashkil qiladi.