Ramos Argentina klubiga o‘tishi mumkin
Sport
−
12 dekabr 2024 2698 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga “Boka Xuniors” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Argentina klubi boshliqlari jamoada ikki afsonani birlashtirmoqchi: Ramos va hozirda “Boka”da to‘p surayotgan urugvaylik Edinson Kavani.
Muzokaralar yanvar oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. “Boka” klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan tarkibini kuchaytirmoqchi.
Ma’lumot uchun, turnir 2025 yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadi. “Boka Xuniors” turnirning 3 karra g‘olibi hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025