O‘zbekistonda taroveh namozlari qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
31 mart 2022 29701 1 daqiqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi tomonidan 1443/2022 yil Ramazon oyida Toshkent shahri masjidlarida tarovih namozlarida o‘qiladigan xatmi Qur’onning kunlik taqsimoti belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, xatmi Qur’on ro‘zaning birinchi kunidan boshlab, 27 sana – Qadr kechasida yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.
Quyida Qur’on oyatlarining kunlik o‘qiladigan tartibi bilan tanishishingiz mumkin:

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanish sanasi haqida rasmiy ma’lumot berilganicha yo‘q. Ammo qo‘shni davlatlarda Ramazon oyi 2 apreldan boshlanishi belgilangan.
Live
Barchasi