Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Ramazon Temirov UFC'dagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi

Sport

image

2 martga o‘tar kechasi Amerikaning Las-Vegas shahrida UFC Fight Nigt turniri o‘tkazildi va musobaqada o‘zbekistonlik Ramazon Temirov ham ishtirok etdi. 

UFC reytingida 12-o‘rinni band qilib turgan amerikalik Charlz Jonsonga qarshi oktagonga chiqqan Temirov raundlar hisobida raqibiga qaraganda faol harakatlandi va tashkilotdagi 2-g‘alabasini rasmiylashtirdi. 

Shunday qilib, 28 yoshli Ramazon Temirov UFC'dagi 2-jangidayoq tashkilotda o‘z vaznida top-15'ga kirishga muvaffaq bo‘ladi. 

Turnirning markaziy jangida xuddi shu vazn toifasi vakillari portugaliyalik Manel Kape va qozog‘istonlik Asu Almabayev oktagonga ko‘tariladi. Jangning 3-raundida  Kape raqibini nokautga uchratib, MMA'dagi 21-g‘alabasini tantana qildi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ramazon Temirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing