Ramazon Temirov Stiv Ersegni 1-raundda nokautga uchratdi (video)
Sport
−
25 iyul 17750 1 daqiqa
O‘zbekistonlik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi Ramazon Temirov Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 282 turnirida muddatdan oldingi yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi. U UFC kamariga sobiq da’vogar Stiv Ersegni nokautga uchratdi.
Oqshomning asosiy kardidan oldingi jangda eng yengil vazn toifasi vakili UFC chempionlik kamariga sobiq da’vogar, avstraliyalik Stiv Erseg bilan to‘qnash keldi. Temirov jangning ilk daqiqalarini faol o‘tkazdi va birinchi raund yakunlanishiga 40 soniya qolganda raqibini nokautga uchratdi. Referi 4:20 soniyada jangni to‘xtatib, o‘zbekistonlik sportchining muddatdan oldingi g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa, Temirov o‘zining professional rekord ko‘rsatkichini 20 ta g‘alabaga yetkazdi (3 ta mag‘lubiyat). Bu shuningdek, uning faoliyatidagi birinchi raundda erishgan 11-nokauti bo‘ldi.
29 yoshli o‘zbekistonlik sportchi uchun bu UFC’dagi ketma-ket uchinchi g‘alaba bo‘ldi. Avvalroq, u Si Jey Vergarani muddatdan oldin mag‘lub etgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Charlz Jonsonni yenggan edi.
Erseg esa professional faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi – uning yangilangan statistikasi 14-5 ni tashkil etmoqda. Avstraliyalik jangchi 2024 yilning may oyida Aleshandre Pantoja bilan jangda UFC chempionlik unvoni uchun kurashgan edi.
Live
Barchasi